Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Johor" 32 yillik jahon rekordini yangiladi

"Johor" 32 yillik jahon rekordini yangiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Malayziyaning "Johor Darul Ta’zim" klubi milliy chempionatda mag‘lubiyatsiz o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Yangi mavsumning ilk turida "Johor" "Kuching Siti"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa jamoaning Malayziya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 109 ta o‘yinga yetdi. "Johor" 2021 yil aprelidan buyon milliy chempionatda mag‘lub bo‘lmagan.

Avvalgi jahon rekordi Kot-d'Ivuarning "ASEK Mimozas" klubiga tegishli edi. Afrika jamoasi 1989-1994 yillar oralig‘ida chempionatda ketma-ket 108 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.

"Johor" esa 32 yildan buyon saqlanib kelgan ushbu rekordni yangiladi va endi o‘zining tarixiy seriyasini yanada uzaytirishni maqsad qilgan. 

Kiritildi: 10:08, 22.08.2026.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик