Kirish Ro'yxatdan o'tish

"DXX kubogi"da hal qiluvchi bahslar yaqinlashmoqda

"DXX kubogi"da hal qiluvchi bahslar yaqinlashmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahridagi «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida ayollar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol musobaqalarining hal qiluvchi uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Ayollar o‘rtasida kecha, 21 avgust kuni yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati va Toshkent viloyati jamoalari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida Toshkent viloyati vakillari 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi yarim finalda Samarqand viloyati Toshkent shahri jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bugun ayollar o‘rtasida uchinchi o‘rin uchun bahs va final uchrashuvi o‘tkaziladi.
3-o‘rin uchun:
Andijon viloyati – Toshkent shahri
Final:
Toshkent viloyati – Samarqand viloyati
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada ham yarim final uchrashuvlari yakunlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qashqadaryo viloyatiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Toshkent shahri esa Namangan viloyatini 2:1 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi mazkur jamoalar o‘rtasida ham g‘olib va sovrindorlar bugungi hal qiluvchi bahslardan so‘ng aniqlanadi.
3-o‘rin uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Namangan viloyati
Final:
Qashqadaryo viloyati – Toshkent shahri.

Kiritildi: 10:32, 22.08.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик