O‘zbekiston Superligasining 18-turida OKMK kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi bo‘yicha barcha jamoalar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
HUDL taqdim etgan statistikaga ko‘ra, Olmaliq klubining 18-turdagi xG ko‘rsatkichi 3,25 ni tashkil qildi.
Bu borada keyingi o‘rinlarni "Lokomotiv" va "Buxoro" egalladi. Toshkentliklar 2,85 xG, buxoroliklar esa 2,22 xG natija qayd etdi.
Turda "Buxoro" chempionat peshqadami "Neftchi"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
18-turda xG bo‘yicha eng yaxshi jamoalar:
OKMK — 3,25
"Lokomotiv" — 2,85
"Buxoro" — 2,22
"Neftchi" — 1,93
Ma’lumot uchun, xG (expected goals) ko‘rsatkichi jamoa yaratgan golli vaziyatlarning sifati va ulardan gol urilish ehtimolini baholaydi.













