"Real"ning sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Rodri Ernandesning Madrid klubiga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi "Real" o‘yinida muvozanat yetishmayapti.
"Menimcha, Rodri "Real"ga aynan shu muvozanatni bera oladigan futbolchi edi. U qachon hujum qilish, qachon esa to‘pni ushlab turish kerakligini yaxshi biladi. U "Real"ga kerak edi, ammo endi "Barselona"da", — dedi Kasilya SER Deportivos'ga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Kasilya Rodri transferi amalga oshmaganiga qaramay, "Real" hozirgi tarkibi bilan ham yuqori maqsadlar uchun kurasha oladi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunladi. "Barselona" esa Ispaniya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.













