Kirish Ro'yxatdan o'tish

Balogun uchun uch klub kurashmoqda — ular orasida "Barselona" ham bor

Balogun uchun uch klub kurashmoqda — ular orasida "Barselona" ham bor

Baho:
+ | -

"Tottenxem" "Monako" va AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun uchun kurashga qo‘shildi. 25 yoshli futbolchiga "Aston Villa" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

L'Equipe ma’lumotiga ko‘ra, "Monako" munosib taklif tushsa, Balogunni sotishga qarshi emas. Hujumchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Balogun "Monako" safida jami 91 ta uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan. U JCH-2026da AQSH terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda 3 ta gol kiritgan.

Mundialda Balogun bilan bog‘liq katta mojaro ham yuz bergandi. U Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda maydondan chetlatilib, Belgiyaga qarshi 1/8 final o‘yinini o‘tkazib yuborishi kerak edi. Manbada ta’kidlanishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilganidan keyin futbolchining diskvalifikasiyasi bekor qilingan.

Kiritildi: 14:44, 22.08.2026.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик