Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: "Chelsi" eng yaxshi to‘purari bilan shartnomani uzaytirdi

Rasman: "Chelsi" eng yaxshi to‘purari bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

24 yoshli hujumchi Joau Pedro "Chelsi" bilan shartnomasini 2034 yilning iyun oyi oxiriga qadar uzaytirdi. Uning avvalgi kelishuvi 2032 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Braziliyalik futbolchi 2025 yil iyulida "Brayton"dan 60 million funt evaziga "Chelsi"ga o‘tgan. O‘tgan mavsumda u APLda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi hamda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

"Yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Men doim katta klubda o‘ynashni orzu qilganman. "Chelsi" boy g‘alabalar tarixiga va kelajak uchun ulkan maqsadlarga ega.

Barchamiz yangi mavsumni katta hayajon bilan kutyapmiz. Biz ko‘p narsaga erisha olishimizni bilamiz, chunki ajoyib jamoa va murabbiyimiz bor. Men butun e’tiborimni ishga qaratganman. Umid qilamanki, maqsadlarimizga erisha olamiz", — dedi Joau Pedro.

Kiritildi: 14:48, 22.08.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик