"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi "Manchester Siti" vingeri Savinyoning ehtimoliy transferi va klubning yozgi transfer kampaniyasi haqida gapirdi.
"Savinyo? Transfer rasman amalga oshmaguncha boshqa klub futbolchilari haqida gapirish kerak emas. Faqat shuni aytishim mumkinki, men juda mamnunman. Biz transfer bozoridagi ishimizni hali yakunlamadik. Bu ishimizning muhim qismi, deb o‘ylayman", — dedi italiyalik mutaxassis.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Tottenxem" Savinyo transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan kelishuvga yaqinlashgan. Bitim 75 mln funt va yana 10 mln funt bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Braziliyalik futbolchi ham London klubiga o‘tishga rozilik bergan.
De Dzerbi "Tottenxem"ning yozgi transferlaridan mamnun ekanini ham ta’kidladi.
"Bizda ajoyib futbolchilar, ajoyib jamoaviy muhit va kuchli xarakter bor. Ammo Premyer-ligada o‘yinlarni ismlar yoki yulduz futbolchilar yutib bermaydi. G‘alabaga munosib bo‘lish kerak. Buning uchun xarakter, ishtiyoq, fidoyilik va yuqori sifat talab etiladi", — dedi murabbiy.
"Tottenxem" bu yozda tarkibni jiddiy kuchaytirdi. Klub Sandro Tonali, Mateus Fernandesh va Yan Paul van Xekke kabi futbolchilarni qo‘lga kiritdi va transfer bozoridagi faolligini davom ettirmoqda.













