Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Barselona" yangi himoyachi ololmasa, Kristensenga tayanadi

"Barselona" yangi himoyachi ololmasa, Kristensenga tayanadi

Baho:
+ | -

"Barselona" yozgi transfer oynasi yakunlanguniga qadar yangi markaziy himoyachi xarid qila olmasa, Andreas Kristensenga ko‘proq imkoniyat berishni rejalashtirmoqda.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki mavsumda jarohatlar daniyalik futbolchining muntazam o‘ynashiga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar yozda uning shartnomasini uzaytirib, futbolchining texnik imkoniyatlariga ishonch bildirdi.

Kristensen mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan va nazorat uchrashuvlaridagi ishonchli harakatlari bilan murabbiylar shtabi ishonchini qozongan.

Ayni paytda "Barselona" yangi markaziy himoyachi masalasida qaror qabul qilishi kerak. Ronald Arauxoning ketishi va Erik Garsiyaning doimiy ravishda o‘ng qanot himoyachisi sifatida ishlatilishi markazda yangi futbolchiga ehtiyojni oshirgan.

Biroq klubning bu pozisiyani kuchaytirishi yangi markaziy hujumchi transferiga ham bog‘liq. Agar "Barselona" yangi "9-raqam" uchun katta mablag‘ sarflasa, markaziy himoyachi xarid qilish imkoniyati sezilarli darajada kamayadi.

Shunday vaziyatda 30 yoshli Kristensen ichki yechim sifatida ko‘rilmoqda. U yangi mavsumda avvalgi yillarga nisbatan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:29, 22.08.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик