«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumini sensasion mag‘lubiyat bilan boshladi. Maykl Kerrik jamoasi 1-turda safarda «Xall Siti»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar 17-daqiqada hisobni ochishdi. Burchak zarbasidan keyin yuzaga kelgan vaziyatda Semi Ajayi «Manchester Yunayted» darvozasini ishg‘ol qildi.
38-daqiqada «Hall Siti» ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. Nobel Mendi Regan Sleyterning uzatmasidan so‘ng gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirish maqsadida Markus Reshford, Kobbi Maynu va Benyamin Sheshko kabi futbolchilarni maydonga tushirdi. Biroq mankunianliklar mezbonlar himoyasini yorib o‘ta olmadi va mavsumdagi ilk o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi.
Uchrashuv Xalldagi «MKM» stadionida o‘tdi va uni 24 470 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatdi.
Shu tariqa, o‘tgan mavsum Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egallagan «Manchester Yunayted» yangi chempionatni mag‘lubiyat bilan boshladi.













