«Nyukasl»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Xall Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Manchester Yunayted»ning jismoniy tayyorgarligini tanqid qildi.
«Men «Manchester Yunayted»ning mavsumoldi yig‘inlaridagi o‘yinlarini ko‘rmadim, ammo bu uchrashuvda ularni ko‘rdim.
Jamoa o‘yinga tayyor emasdek ko‘rindi. Yuqori sur’atdagi, intensiv va pressingga asoslangan futbolni 90 daqiqa davomida namoyish etish uchun ularga jismoniy tayyorgarlik yetishmadi.
Bu uchrashuvda jismoniy jihatdan tayyor ko‘ringan yagona jamoa «Xall Siti» bo‘ldi. «Manchester Yunayted» esa bunday ko‘rinishda emasdi», — dedi Shirer.













