«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionatining birinchi turida «Xall Siti»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa qaysi jihatlarda o‘sishi kerakligi haqida gapirdi.
Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tib, «Xall Siti»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Biz avvalo nimalar ustida ishlashimiz kerakligini o‘zimiz anglab olishimiz va hafta davomida shu jihatlarni yaxshilashimiz lozim. Jamoa sifatida yanada kuchayishimiz kerak. Bu uchrashuvdan keyin hali ko‘p narsani o‘rganishimiz kerak», — dedi Karrik.













