Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Maguayr yana tanqidlar girdobida qolib ketdi

Maguayr yana tanqidlar girdobida qolib ketdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Premyer-ligada yangi mavsumni omadsiz boshladi. Maykl Kerrik shogirdlari safarda «Xall Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar yana «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr ustidan hazil qila boshladi.

Bunga «qizil iblislar» darvozasiga urilgan birinchi gol vaqtidagi vaziyat sabab bo‘ldi.

Kadrda Maguayr o‘z jarima maydonida raqib futbolchisini emas, balki jamoadoshini qo‘llari bilan ushlab turgani ko‘rinadi.

Avvalroq Maguayr maydondagi turli harakatlari tufayli bir necha bor muxlislar hazili va tanqidiga sabab bo‘lgan.

Biroq o‘tgan mavsumda futbolchining o‘yini ijobiy baholandi — u o‘z manziliga aytilgan tanqidlarga javoban maydondagi harakatlarini ancha yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

«Yunayted»ning APLdagi keyingi raqibi «Ipsvich» bo‘ladi. Uchrashuv 30 avgust kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 19:37, 22.08.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик