«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta klub hujumchisi Lautaro Martines sotilmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
— Lautaro Martines — bizning sardorimiz. U klub tarixining bir qismi hisoblanadi. Lautaroni sotish uchun hech qanday shart-sharoit mavjud emas. Uning ketishi haqida gapirishning o‘ziga ham hojat yo‘q, — dedi Marotta.
Lautaro Martines 2018 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali argentinalik futbolchining bozor qiymatini 85 million yevro deb baholamoqda.
Avvalroq «Barselona» Lautaro Martinesga qiziqish bildirayotgani va uning transferi uchun «Inter»ga 100 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.













