Kirish Ro'yxatdan o'tish

SPL. Ayven Tounining xet-trigi «Al-Ahli»ga yirik g‘alaba keltirdi

SPL. Ayven Tounining xet-trigi «Al-Ahli»ga yirik g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Al-Ahli» — «Abha» uchrashuvi yakunlandi. Jidda shahridagi «King Abdulla Sports Siti» stadionida kechgan bahsda mezbonlar 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozondi.

5-daqiqada angliyalik hujumchi Ayven Touni hisobni ochdi. Unga «Krasnodar»ning sobiq futbolchisi Eduard Spersyan golli uzatma berdi. 13-daqiqada Touni penaltidan unumli foydalanib, o‘zining ikkinchi golini urdi.

51-daqiqada portugaliyalik Fransishku Trinkau jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 57-daqiqada Touni yana bir bor darvozani ishg‘ol etib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

«Al-Ahli» avvalgi turda «Al-Dir’iya»ni mag‘lub etgandi. O‘sha uchrashuvdagi yagona golni Spersyan kiritgan.

Ikki turdan keyin «Al-Ahli» hisobida olti ochko mavjud. «An-Nasr», «Al-Hilol», «Al-Ittifoq» va «Neom» jamoalari ham shuncha ochko to‘plagan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:42, 23.08.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик