Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

Kompani: «Barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz»

Kompani: «Barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubi ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirdi.

Myunxenliklar Nataniel Braun va Maykl Olisenig 28 hamda 45-daqiqalarda urgan gollari evaziga g‘alaba qozondi. Dortmundliklarning yagona javob golini 75-daqiqada Fabiu Silva kiritdi.

«G‘alabadan juda mamnunman. Olise va Keyn ta’tildan qaytgach, bor-yo‘g‘i uch marta mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurgandi. Shunga qaramay, ular maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Biz futbol o‘ynagan davrda ta’tildan uch-to‘rt kilogramm ortiqcha vazn bilan qaytardik. Hozir esa futbolchilarning shaxsiy murabbiylari bor. Shuning uchun ular mavsumga tayyorgarlikni ajoyib jismoniy holatda boshlaydi.

Nene, ya’ni Nataniel Braun hamda Saybari bu mavsum bizga katta foyda keltiradi. Keyinroq safga qaytishi kutilayotgan Lenni, ya’ni Lennart Karl, Musiala va Gnabri ham bor.

Bugun jamoa katta kuch va shijoat bilan harakat qildi, har bir to‘p uchun kurashdi. Ayrimlar o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan keyin natijalarimiz pasayishini kutayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo biz qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaymiz va barcha sovrinlarni yutishga harakat qilamiz», — deya Kompani so‘zlarini Bayern & Germany nashri keltirdi.

«Bavariya» 28 avgust kuni Bundesliganing yangi mavsumini «Shtutgart»ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi.

Kiritildi: 02:56, 23.08.2026.
O'qildi: 438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик