Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Tottenxem» so‘nggi ikki yilda APLda 40 marta mag‘lub bo‘ldi

«Tottenxem» so‘nggi ikki yilda APLda 40 marta mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» Premyer-liganing yangi mavsumini muvaffaqiyatsiz boshlab, «Brentford»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, bu «shporlar»ning 2024/2025 yilgi mavsum boshidan buyon APLdagi 40-mag‘lubiyati bo‘ldi. Bu barcha jamoalar orasidagi ikkinchi eng yomon ko‘rsatkichdir.

Mazkur davrda faqat «Vulverxempton» ko‘proq — 44 marta mag‘lubiyatga uchragan. Biroq «bo‘rilar» joriy mavsumni Chempionshipda o‘tkazmoqda. Shu sababli Roberto De Zerbi jamoasi yaqin vaqt ichida ushbu noxush reytingda yakka peshqadamga aylanib qolishi mumkin.

Taqqoslash uchun, «Arsenal» xuddi shu davr mobaynida bor-yo‘g‘i to‘qqizta mag‘lubiyat qabul qilib olgan.

«Tottenxem» 26 avgust kuni Angliya Liga kubogi doirasida «Charlton» bilan uchrashadi. Oradan uch kun o‘tib, jamoa Premyer-liganing 2-turida o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 03:33, 23.08.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик