Kirish Ro'yxatdan o'tish

39 yoshli Mauro Sarate «Veles»ga qaytdi

39 yoshli Mauro Sarate «Veles»ga qaytdi

Baho:
+ | -

O‘tmishda Italiyaning turli klublari safida harakat qilgan argentinalik tajribali hujumchi Mauro Sarate vataniga qaytib, «Veles» bilan shartnoma imzoladi. Ayni paytda futbolchi 39 yoshda.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Sarate o‘ziga juda yaxshi tanish bo‘lgan klubga qaytdi. U avval «Veles» safida ikki xil davrda jami olti yil to‘p tepgan.

«Muxlislar guruhidagi juda yaxshi taniydigan yigitlarimdan biri men bilan salomlashdi. U meni uyga qaytganim bilan tabrikladi. Bu so‘zlar menga juda qattiq ta’sir qildi», — dedi Sarate vataniga qaytgach, aeroportdagi dastlabki daqiqalari haqida.

Eslatib o‘tamiz, Saratening «Veles»gacha bo‘lgan so‘nggi klubi Italiyaning «Kozensa» jamoasi edi. U mazkur klub safida 2023 yilda o‘ynagan.

Kiritildi: 08:19, 23.08.2026.
O'qildi: 231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик