Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fortuna» beshinchi daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi va AZga mag‘lub bo‘ldi

«Fortuna» beshinchi daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi va AZga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Sittardning «Fortuna» klubi Niderlandiya chempionati 3-turini AZga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlab berdi. Biroq bahs mezbonlar uchun juda omadsiz kechdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Ole Romeni qizil kartochka oldi va «Fortuna» bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Bu Sittard klubining 2000 yil avgustidan buyon qayd etilgan eng tezkor chetlatilishi bo‘ldi. O‘shanda Yost Volmer uchrashuvning 2-daqiqasidayoq qizil kartochka olgandi.

O‘n kishi bo‘lib qolgan «Fortuna» birinchi bo‘limda o‘z darvozasi daxlsizligini saqladi. Biroq tanaffusdan keyin ikkita gol o‘tkazib yubordi va mag‘lubiyatga uchradi.

«Fortuna» Erediviziyening keyingi turida 28 avgust kuni safarda «Groningen»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:33, 23.08.2026.
O'qildi: 315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик