Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn «Bavariya»ning Germaniya Superkubogidagi g‘alabasiga baho berdi

Keyn «Bavariya»ning Germaniya Superkubogidagi g‘alabasiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yangi mavsumni Germaniya Superkubogi uchun kechgan bahsda Dortmundning «Borussiya» klubi ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

28-daqiqada Nataniel Braun hisobni ochdi. 45-daqiqada Maykl Olise Vensan Kompani jamoasining ustunligini oshirdi.

75-daqiqada Fabiu Silva dortmundliklarning bir goliga javob qaytardi. Biroq «Borussiya» mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.

«Mavsum boshidagi muhim g‘alaba. Uchrashuv taqdirini ancha oldin hal qilishimiz mumkin edi, ammo 2:0 hisobida ustunlik qilayotganimizga qaramay, buni uddalay olmadik.

2:0 — xavfli hisob. Bitta gol o‘tkazib yuborishning o‘zi vaziyatni keskinlashtirish uchun yetarli. Aynan shunday bo‘ldi.

Shunga qaramay, yakunda ustunlikni saqlab qolganimiz va g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz», — deya «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Myunxenliklar o‘tgan mavsumda ichki musobaqalardagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 08:44, 23.08.2026.
O'qildi: 196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик