Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kimmix Musialaning salomatligi haqida fikr bildirdi

Kimmix Musialaning salomatligi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Jamal Musialaning salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqidagi savolga javob berdi.

Shanba kuni myunxenliklar Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Musiala ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubordi. U yaqinda «RB Leypsig» va «Haydenhaym»ga qarshi kechgan ikkita o‘rtoqlik bahsida hushini yo‘qotgandi.

«Bu g‘alaba Jamal uchun ham. U tez orada safga qaytishiga umid qilamiz. Musiala «Bavariya» va butun Germaniya uchun juda muhim futbolchi.

Uning nimalarga qodir ekanini yaxshi bilamiz va tezroq qaytishini kutyapmiz. Jamoadagi barcha uni qo‘llab-quvvatlamoqda», — deya Kimmixning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Avvalroq Jamal Musiala Bundesliganing 1-turida «Shtutgart»ga qarshi o‘yin uchun «Bavariya» qaydnomasiga kiritilishi xabar qilingandi.

Kiritildi: 08:50, 23.08.2026.
O'qildi: 209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик