"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
"Shaharliklar" mavsumni Angliya Superkubogida "Arsenal"ga qarshi uchrashuv bilan boshladi va 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bugun "Siti" Angliya Premyer-ligasidagi ishtirokini o‘z maydonida "Bornmut"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
"Mavsum boshida qancha sovrin yutish kerakligi haqida o‘ylamaysiz. Birinchi kundanoq bizning aniq maqsadimiz bor — kurashish va mart-aprel oylariga qadar barcha imkoniyatlarimizni saqlab qolish. Undan keyin esa vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz", — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Italiyalik mutaxassis joriy yozda Xosep Gvardiolani almashtirib, "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimini egalladi.
"Manchester Siti" — "Bornmut" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.













