Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

37 yoshli Aleksis Sanches "Monreal" muxlislari qarshisida debyut qildi

37 yoshli Aleksis Sanches "Monreal" muxlislari qarshisida debyut qildi

Baho:
+ | -

"Monreal" hujumchisi Aleksis Sanches Kanada klubi safidagi ilk uy uchrashuvini o‘tkazdi.

Chililik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasida "Los-Anjeles Gelaksi"ga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

37 yoshli Sanches 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Aleksis Sanches 2026 yilning 11 avgustida "Monreal" safiga qo‘shilgan. Uning Kanada klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Tajribali hujumchi faoliyati davomida "Sevilya", "Udineze", "Inter", "Marsel", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Barselona", "River Pleyt", "Kolo-Kolo" va "Kobreloa" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 11:41, 23.08.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик