Angliya Premyer-ligasida yangi mavsumning 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
21-avgust kuni "Arsenal" yangi mavsumdagi ilk uchrashuvida "Koventri"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
22-avgust kuni "Xall Siti" o‘z maydonida "Manchester Yunayted" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Brentford" esa "Tottenxem"ni 3:0 hisobida tor-mor keltirdi.
Bugun, 23-avgust kuni, 1-tur doirasida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. "Brayton" "Aston Villa"ni qabul qilsa, "Manchester Siti" o‘z maydonida "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Kunning yana bir qiziqarli bahsida "Nyukasl" va "Liverpul" o‘zaro to‘qnash keladi.
23 avgust, Toshkent vaqti bilan:
18:00 — "Brayton" — "Aston Villa"
18:00 — "Manchester Siti" — "Bornmut"
20:30 — "Nyukasl" — "Liverpul"
24-avgust kuni esa "Fulxem" va "Chelsi" o‘rtasidagi uchrashuv bilan APL 1-turi davom etadi.













