"Kopengagen" hujumchisi Yordan Larsson faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida davom ettiradi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni ligasi 29 yoshli shvesiyalik futbolchining transferini ma’qullagan. Ayni paytda klublar zarur hujjatlarni almashmoqda. Transfer qiymati 1,5 million dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Larsson "Al-Ittifoq" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.
"Spartak" sobiq futbolchisi katta ehtimol bilan seshanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "An-Nasr"ga qarshi bahsda yangi jamoasi safida debyut qiladi.
"An-Nasr" sharafini portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu himoya qiladi.













