«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Udineze»ning hozirgi saviyasi haqida fikr bildirdi.
Italiya A Seriyasining yangi mavsumi 1-turida «Komo» safarda «Udineze»ni mag‘lub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Udineze» — Premyer-liga darajasidagi jamoa. Ular jismoniy jihatdan juda kuchli va to‘xtovsiz harakat qilishadi. Ularning o‘z o‘yin uslubi bor. Ko‘rasizlar, bu yil Udineda ularni juda kam jamoa mag‘lub eta oladi», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirdi jurnalist Nikolo Skira.
Qayd etish joiz, «Udineze» o‘tgan mavsumda A Seriyaning 38 ta uchrashuvida 50 ochko jamg‘arib, chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan.
Italiya chempionatining 2-turida «Komo» safarda «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi. «Udineze» esa mehmonda «Monsa» bilan kuch sinashadi.













