«Manchester Yunayted» «Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll uchun yangi taklif tayyorlamoqda. 21 yoshli angliyalik futbolchi ushbu pozisiyani kuchaytirish uchun mankunianliklarning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» Xollni qo‘yib yuborish niyatida emas va uning transferi uchun chap qanot himoyachilari orasida rekord miqdordagi mablag‘ni talab qilishi mumkin.
Hozirgacha ushbu pozisiyadagi eng qimmat transferlardan biri 2019 yilda qayd etilgan. O‘shanda «Bavariya» Lyuka Ernandes uchun «Atletiko»ga 80 million yevro to‘lagan edi.
Xollning o‘zi «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq «Manchester Yunayted» futbolchi uchun 80 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyormi yoki kamroq summa bilan cheklanadimi — hozircha noma’lum.
Agar «MYU» Xoll transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, klubda beshta muqobil nomzod bor. Ular — «Rasing»dan Xorxe Salinas, «RB Leypsig»dan David Raum, «Barselona»dan Alexandro Balde, «Fulxem»dan Antoni Robinson va «Bornmut»dan Adriyen Tryuffer.













