Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 2-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning APLdagi ilk o‘yinini asosiy tarkibda boshlaydi

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning APLdagi ilk o‘yinini asosiy tarkibda boshlaydi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Bornmut» uchrashuvi uchun jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «shaharliklar»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Enso Mareska uni Mark Gehi, Ruben Diash va Yoshko Gvardiol kabi himoyachilar bilan birga boshlang‘ich tarkibga kiritdi. «Siti» rasmiy sayti ham Gehi va Riko Lyuisning asosiy tarkibga qaytganini tasdiqladi.

«Manchester Siti»: Donnarumma, Husanov, Diash, Gehi, Gvardiol, Lyuis, Anderson, O’Rayli, Semenyo, Foden, Xoland.

«Bornmut»: Petrovich, Tryuffer, Kuk, Xill, Skott, Evanilson, Antoniu Silva, Adam Smit, TavernYE, Klyuyvert, Rayan.

E’tiborlisi, Erling Xoland «Manchester Siti» safidagi 200-uchrashuvini o‘tkazadi. Norvegiyalik hujumchi jamoaning hujum chizig‘iga yetakchilik qiladi.

«Manchester Siti» — «Bornmut» bahsi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:50, 23.08.2026.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик