Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

La Liga. "Atletiko" bir kishi kam bo‘lib qolgan o‘yinda "Vilyarreal" bilan durang o‘ynadi

La Liga. "Atletiko" bir kishi kam bo‘lib qolgan o‘yinda "Vilyarreal" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Atletiko" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida o‘tgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.

Uchrashuvdagi birinchi gol 59-daqiqada urildi. "Atletiko" himoyachisi Mark Pubil hisobni ochdi.

66-daqiqada "Vilyarreal" hujumchisi Xerar Moreno penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

76-daqiqada madridliklar himoyachisi Roben Le Norman qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, mehmonlar yana penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Jorj Mikautadze imkoniyatdan foydalanib, "Vilyarreal"ni hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.

86-daqiqada Juliano Simeone "Atletiko"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

O‘tgan mavsumda "Atletiko" 38 ta o‘yinda 69 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatini 4-o‘rinda yakunlagan. "Vilyarreal" esa 72 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan.

Keyingi turda "Atletiko" 29 avgust kuni safarda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi. "Vilyarreal" esa 28 avgust kuni o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:51, 23.08.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик