O‘zbekiston Superligasida 19-tur bahslariga start berildi. Turning dastlabki uchrashuvida "Neftchi" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Farg‘onaliklar ushbu g‘alabadan keyin 19 o‘yindagi ochkolari sonini 45 taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.
Endi 19-turning qolgan uchrashuvlari 24-26 avgust kunlari o‘tkaziladi.
24 avgust kuni soat 19:00 da "Qo‘qon-1912" "Buxoro"ni qabul qiladi.
25 avgust kuni uchta uchrashuv rejalashtirilgan. Soat 19:00 da "Surxon" — OKMK va "Andijon" — "Xorazm" bahslari boshlanadi. Soat 20:00 da esa "Dinamo" "Paxtakor" bilan kuch sinashadi.
26 avgust kuni yana uchta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00 da "Lokomotiv" — "Bunyodkor" hamda "Mash’al" — "Navbahor" uchrashuvlari o‘tkazilsa, turga soat 20:00 da boshlanadigan "Qizilqum" — "Nasaf" bahsi yakun yasaydi.
Ayni paytda "Neftchi" 45 ochko bilan birinchi o‘rinda. 18 tadan o‘yin o‘tkazgan "Paxtakor" 39 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" 34 ochko bilan uchinchi, "Buxoro" esa 33 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda. 19 uchrashuvdan keyin "So‘g‘diyona" 24 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.















