Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Iraola «Liverpul»ning asosiy muammosini aytdi

Iraola «Liverpul»ning asosiy muammosini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Nyukasl» bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng jamoasi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, «Liverpul» uchrashuvda mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmagan va ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqibdan ustun bo‘lgan.

«Hali statistikani ko‘rmadim, ammo bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko‘proq bo‘lganiga ishonchim komil. Ko‘p jihatlar bo‘yicha raqibdan yaxshiroq harakat qildik. Futbolchilarning mehnatini qadrlayman», — dedi Iraola Sky Sports'ga.

Murabbiy birinchi bo‘limda jamoa raqib jarima maydoniga ko‘p bor yaqinlashgani, ammo hujumlarni zarba bilan yakunlashda muammolar kuzatilganini alohida qayd etdi.

«Jarima maydoni atrofida to‘pni ortiqcha aylantirdik va vaziyatni murakkablashtirishga urindik. Aslida esa birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan zarba berishimiz kerak edi. Zarba berish, yana zarba berish kerak», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Iraola zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning harakatlaridan ham mamnun qolgan. Uning fikricha, «Liverpul» yuqori intensivlikda o‘ynashni maqsad qilgani uchun butun uchrashuv davomida bir xil tarkib bilan harakat qilish qiyin. Shu sabab zaxira futbolchilarining energiyasi jamoa uchun muhim ahamiyatga ega.

«Liverpul» APLning 2-turida 29 avgust kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:40, 23.08.2026.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик