«Milan» Italiya A Seriyasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini g‘alaba bilan boshladi. Milanliklar safarda «Torino»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob ikkinchi bo‘limning dastlabki qismida ochildi. «Milan»ning yosh futbolchisi Alfadjo Sisse raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Sisse 19 yoshu 305 kunligida gol urib, «Milan»ning A Seriyada so‘nggi to‘qqiz yildagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Bungacha mazkur natija Patrik Kutronega tegishli edi. U 2017 yil 27 avgust kuni «Kalyari»ga qarshi o‘yinda 19 yoshu 236 kunligida gol urgan.
Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» 28 avgust kuni o‘z maydonida «Venesiya»ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» o‘tgan mavsumni A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinda yakunlagan.













