«Milan»ning yangi futbolchisi Alfadjo Sisse jamoa safidagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 19 yoshli futbolchi A Seriyaning «Torino»ga qarshi bahsida hisobni ochdi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Uchrashuvdan so‘ng Sisse «Milan»dagi faoliyatini bunday boshlashni hatto tasavvur ham qilmaganini ta’kidladi.
«Bunday oqshomni boshdan kechirish — ta’riflab bo‘lmas tuyg‘u. Hatto eng katta orzularimda ham «Milan» libosidagi debyutimda gol urishimni tasavvur qilmagan edim. Bu goldan juda xursandman, ammo hozir barcha fikrim juma kunigi o‘yinga qaratilgan», — dedi Sisse.













