«Aston Villa» Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini o‘ta omadsiz boshladi. Unai Emeri jamoasi safarda «Brayton»ga 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan keyin «Aston Villa» sardori Jon Makginn jamoa muxlislaridan bunday natija uchun uzr so‘radi.
«Aslida, o‘yinni juda yaxshi boshladik va hisobda oldinga chiqib olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik. Ammo eng yuqori darajada bitta xatoning o‘zi yetarli bo‘ladi. Biz o‘tkazib yuborgan gollar juda alamli bo‘ldi. Muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. Safar o‘yiniga borish ulardan ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi», — dedi Makginn.
«Aston Villa»ni keyingi turda yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Birmingemliklar «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.













