«Santos» Braziliya chempionati 24-turidan o‘rin olgan uy uchrashuvida «Mirassol» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bahsda hisob 36-daqiqada ochildi. Mehmonlar yarimhimoyachisi Karlos Eduardo aniq zarba bilan «Mirassol»ni oldinga olib chiqdi.
68-daqiqada «Santos» javob golini urdi. Neymarning uzatmasidan so‘ng hujumchi Alvaro Barreal to‘pni darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi.
73-daqiqadan boshlab «Mirassol» bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Jamoa yarimhimoyachisi Vallisson maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, «Santos» qolgan vaqtda g‘alaba golini ura olmadi.
Ushbu durangdan keyin «Santos» 23 ta o‘yinda 26 ochko to‘plab, Braziliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. «Mirassol» esa 24 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.













