"Volfsburg" darvozaboni Kamil Grabara faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 27 yoshli polshalik futbolchini "Yuventus" o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "Yuventus" va "Volfsburg" o‘rtasida muzokaralar ilg‘or bosqichda. Tomonlar futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuv ustida ishlamoqda. Grabaraning o‘zi ham Turin klubiga o‘tishga rozilik bergan.
"Yuventus" Grabarani zaxira darvozaboni sifatida ko‘rmoqda. Ayni paytda Mattia Perin "Palermo"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Grabara 2024 yil yozidan buyon "Volfsburg" sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsumda Bundesligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













