Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

"Nyukasl" muxlislari Isakni haqoratli hayqiriqlar bilan kutib oldi

"Nyukasl" muxlislari Isakni haqoratli hayqiriqlar bilan kutib oldi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak sobiq jamoasi "Nyukasl" stadioniga qaytishida mahalliy muxlislar tomonidan salbiy kutib olindi.

APL 1-turida "Nyukasl" va "Liverpul" "Sent-Jeyms Park"da o‘zaro bahs olib bordi (1:1).

Mersisaydliklar futbolchilari avtobusdan tushib stadionga yo‘l olar ekan, "Nyukasl" muxlislari ularni hushtakbozlik bilan qarshi oldi. Isak ko‘rinishi bilan esa tribunalardan unga nisbatan "Kalamush, kalamush, kalamush" degan haqoratli hayqiriqlar yangradi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, shvesiyalik hujumchi o‘tgan mavsum boshida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga 125 mln funt evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning transferi oldidan futbolchi "Nyukasl"ning mavsumoldi turnesida qatnashmagan va sobiq klubi "Real Sosyedad" bazasida yakka tartibda shug‘ullangan edi. Keyinchalik Isak "Liverpul"ga o‘tish istagini ochiq bildirgan. 

Kiritildi: 10:29, 24.08.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик