"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol Angliya Premyer-ligasining 1-turida "Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Manchester Siti" raqibini 2:1 hisobida irodali tarzda mag‘lub etdi. Gvardiol jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
"Hozir hamma o‘zidan faxrlanmoqda. Bu mavsumdagi birinchi o‘yinimiz va g‘alaba qanchalik muhim ekanini yaxshi bilamiz. Ayniqsa, so‘nggi haftalarda jamoada yuz bergan barcha o‘zgarishlarni hisobga olsak, bu natijaning ahamiyati yanada ortadi.
Biz g‘alabaga loyiq edik. Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandman", — dedi Gvardiol o‘yindan so‘ng.
"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini 28 avgust kuni o‘tkazadi. "Shaharliklar" APL 2-turida safarda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi.













