Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

"Manchester Yunayted"ning 19 yoshli futbolchisi "Xibernian"ga o‘tdi

"Manchester Yunayted"ning 19 yoshli futbolchisi "Xibernian"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Xibernian" "Manchester Yunayted"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Jeykob Deveynini ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

Futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar Shotlandiya klubi sharafini himoya qiladi. Kelishuvda "Xibernian" uchun Deveynini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Deveyni "Manchester Yunayted" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimiga olti yoshida qo‘shilgan va 2023 yilda ilk professional shartnomasini imzolagan.

Yosh yarim himoyachi Shotlandiya chempionatida o‘ynash tajribasiga ega. U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Sent-Mirren"da ijara asosida o‘tkazib, barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Endilikda Deveyni yangi mavsumni "Xibernian" safida o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:23, 24.08.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик