Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Barkola uchun yangi taklif tayyorlamoqda

«Liverpul» Barkola uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni faollashtirgan.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» joriy hafta davomida parijliklarga Barkola transferi bo‘yicha yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

23 yoshli fransuzga «Arsenal» va nomi oshkor qilinmagan yana bir klub ham qiziqish bildirgan. Biroq hozircha futbolchi uchun kurashda «Liverpul» asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, «qizillar» Barkolaning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Tomonlar o‘rtasidagi ehtimoliy shartnoma 2032 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Barkola yangi mavsumda hozircha «PSJ» safida maydonga tushmadi. Qolaversa, vinger jamoaning so‘nggi ikki uchrashuvi uchun qaydnomaga ham kiritilmagan.

«PSJ» Fransiya chempionatining navbatdagi turida 28 avgust kuni safarda «Lill»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:28, 24.08.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик