Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Godts «PSJ» safidagi ilk o‘yinidan keyin fikr bildirdi

Godts «PSJ» safidagi ilk o‘yinidan keyin fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ»ning yangi futbolchisi Mika Godts Fransiya chempionati 1-turida «Renn»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan (2:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

21 yoshli belgiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida «Ayaks»dan Parij klubiga kelib qo‘shilgandi. U «Renn»ga qarshi bahsda tanaffusdan keyin maydonga tushdi. O‘sha paytda «PSJ» 0:2 hisobida ortda borayotgan edi.

«Biz 0:2 hisobida yutqazayotgandik. Ikkinchi bo‘limga hisobni tenglashtirishga qat’iy bel bog‘lab chiqdik va buning uddasidan chiqdik. Debyut qilganimdan xursand edim, ammo jamoa hisobda ortda borayotgani uchun bor e’tiborimni o‘z o‘yinimga qaratishga harakat qildim.

Muxlislar juda muhim. Ular bizga katta yordam beradi. Birinchi javob golini urganimizdan keyin buni his qildik. Ular bizni yana gol urishga undadi va biz bunga erishdik», — dedi Godts.

«PSJ»ga durangni yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Ferran Torresning dubli olib keldi. Ispaniyalik futbolchi 71 va 82-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Godts o‘tgan mavsumda «Ayaks» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 15 ta golli uzatma qayd etgan. Yangi klubida esa hozircha bir bo‘lim harakat qildi.

Kiritildi: 12:46, 24.08.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик