Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» prezidenti: «Alvaresni hech qachon sotmoqchi bo‘lmaganmiz»

«Atletiko» prezidenti: «Alvaresni hech qachon sotmoqchi bo‘lmaganmiz»

Baho:
+ | -

«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso hujumchi Xulian Alvaresning mavsum boshida ikki marta asosiy tarkibdan joy olmagani va uning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Madrid klubi rahbarining ta’kidlashicha, yoz davomida argentinalik futbolchining ehtimoliy transferi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, «Atletiko» uni sotishni rejalashtirmagan.

«Tinglang, menimcha, Xulian Alvares haqida doimiy savollar berilgan ancha murakkab yozdan keyin faqat bir narsani aytish mumkin: u «Atletiko» Madrid futbolchisi.

U doimo «Atletiko» futbolchisi bo‘lgan va biz uni hech qachon sotmoqchi bo‘lmaganmiz. U jamoamiz a’zosi va murabbiy ixtiyorida. Murabbiy uni istagan payti maydonga tushirishi mumkin.

Menimcha, «Barselona» vaziyatga mos harakat qilmadi va bunday holatlarda odatda qilinishi kerak bo‘lgan ishni amalga oshirmadi», — dedi Sereso.

Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 mln yevro va yana 20 mln yevro miqdoridagi bonuslar evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi «Atletiko» safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 12:55, 24.08.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик