Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Keyn: «Mening maqsadim — gollar va sovrinlar bilan javob qaytarish»

Keyn: «Mening maqsadim — gollar va sovrinlar bilan javob qaytarish»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoa va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida gapirdi. U myunxenliklar unga «Oltin to‘p» uchun da’vogarlik qilishda yaqindan yordam berayotganini tan oldi va ishonch hamda iliq munosabat uchun jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi.

«Men klub tarafidan mehr his qilaman, meni qanchalik qadrlashlarini bilaman. Faqatgina gollar uchun emas — menimcha, ular mening umumiy o‘yinimni, shuningdek, kiyinish xonasidagi insoniy fazilatlarimni, qo‘shgan hissamni qadrlashadi. O‘zimni chindan ham imtiyozli his qilyapman. Muxlislarning munosabati ham — bu yillar davomida meni qanday qabul qilishgani juda o‘ziga xos bo‘ldi. Mening maqsadim ularga gollar va sovrinlar bilan javob qaytarishdir», — dedi Keyn Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli forvardning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati ingliz hujumchisi bilan bitimni 2029 yoki 2030 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 15:47, 24.08.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик