Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

«Lasio» Pinamonti uchun «Sassuolo» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

«Lasio» Pinamonti uchun «Sassuolo» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Rimning «Lasio» klubi hujumchi Andrea Pinamontini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha «Sassuolo» bilan yangi raund muzokaralarini o‘tkazadi. Rimliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Lasio» futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan. Biroq klublar o‘rtasida transfer summasi va uni sotib olish shartlari bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. «Sassuolo» ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy tarzda sotib olish bandini kiritishni talab qilmoqda, rimliklar esa hozircha faqat sotib olish opsiyasi tarafdori.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Lasio» yangi mavsumni bugun, 24 avgust kuni A Seriyaning birinchi turi doirasida safarda «Bolonya»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 16:03, 24.08.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик