Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Rodri «Atletik»ka qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin

Rodri «Atletik»ka qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

30 yoshli futbolchi yaqinda belidan o‘tkazilgan kichik jarrohlik amaliyotidan keyin individual dastur asosida shug‘ullanayotgandi. Shu sababli u La Liganing 2-turida «Elche»ga qarshi kechgan va kataloniyaliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Rodri 27 avgust kuni «Atletik»ka qarshi o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishga umid qilmoqda. Biroq uning mazkur bahsda ishtirok etishi tibbiy shtab xulosasi va bosh murabbiy Hansi Flikning qaroriga bog‘liq.

Ispaniyalik yarim himoyachi avgust oyida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgan va kataloniyaliklar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Rodri hali yangi jamoasi safida rasmiy uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.

Kiritildi: 16:09, 24.08.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик