«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik Alexandro Balde bilan yana bir bor suhbatlashib, futbolchining klubda qolish istagi va kelajak rejalarini aniqlamoqchi. Bu haqda Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar germaniyalik mutaxassis Balde yetarlicha motivasiyaga ega va jamoadagi holatini o‘zgartirish uchun kurashishga tayyor, deb hisoblasa, unga yangi imkoniyat berishi mumkin. Bunday holda himoyachi asosiy jamoa tarkibiga qaytariladi.
22 yoshli futbolchi La Liganing «Elche»ga qarshi o‘yini qaydnomasiga kiritilmagandi. Flik bu qaror transfer masalasi bilan emas, Baldening ruhiy jihatdan uchrashuvga tayyor emasligi bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Murabbiy unga vaziyatni xotirjamlik bilan o‘ylab olishni tavsiya etgan.
Portugaliyalik Joau Kanseluning «Barselona»ga qaytishi Balde uchun raqobatni kuchaytirdi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar munosib taklif tushsa, ispaniyalik himoyachining transferini ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda. Uning xizmatlariga «Manchester Yunayted» va boshqa Yevropa klublari qiziqish bildirgan.
Baldening «Atletik»ka qarshi 27 avgust kuni o‘tadigan uchrashuv qaydnomasiga kiritilishi Flik bilan navbatdagi suhbatdan keyin oydinlashishi kutilmoqda.













