Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Londonning ikki grandi — «Chelsi» va «Arsenal» Xulian Alvares transferiga qiziqish bildirmoqda.
Ayniqsa, «Arsenal» argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «kanonirlar» futbolchi va uning atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Alvaresning kelajagi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlaridagi asosiy mavzulardan biriga aylangan. «Atletiko» futbolchisini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi — ayrim manbalar Madrid klubini muzokaraga ko‘ndirish uchun taklif 150 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.
Hozircha Alvaresning «Chelsi» yoki «Arsenal»ga o‘tishi bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.













