«Barselona» yarim himoyachisi Gavi La Liganing 2-turida «Elche»ga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) jarohat olganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘yin davomida tizzasidan jarohat oldi. Keyinroq «Barselona» matbuot xizmati Gaviga tizza lat yeyishi tashxisi qo‘yilgani va u yaqin vaqt ichida safga qaytishi kutilayotganini ma’lum qildi.
«Doimo yonimda bo‘lgan, meni qo‘llab-quvvatlagan va oxirigacha men bilan birga borayotgan barchaga rahmat! Men futbolni boshqacha tasavvur qila olmayman. Sizlarni bunchalik xavotirga solganim uchun kechiring», — deb yozdi Gavi ijtimoiy tarmoqlarda.
«Barselona» Ispaniya chempionatining 3-turida Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi.













