Kirish Ro'yxatdan o'tish

Cheferin FIFAning Balogun bo‘yicha qaroridan shokka tushganini aytdi

Cheferin FIFAning Balogun bo‘yicha qaroridan shokka tushganini aytdi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin JCH-2026 vaqtida AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi to‘xtatib turilganidan shokka tushganini ma’lum qildi.

Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi 1/16 final uchrashuvida (2:0) Tarik Muharemovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun qizil kartochka olgandi. Keyinchalik futbolchining bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi. Natijada u Belgiyaga qarshi 1/8 final bahsida (1:4) maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

AQSH prezidenti Donald Tramp keyinchalik ushbu vaziyatni FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muhokama qilganini aytgandi.

«Bu, yumshoq qilib aytganda, shok holati. Bizda qoidalar bor. Agar o‘z qoidalaringizga rioya qilmasangiz, o‘yin butunlay o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

Yevropadan tashqaridagi ayrim federasiyalar hukumat aralashuvi sababli chetlatilgan. Endi esa bir mamlakat prezidenti: "Men unga [Infantinoga] qo‘ng‘iroq qilib, bu masalani ko‘rib chiqishini aytdim", deydi. Keyin FIFA prezidenti: "Bu mustaqil qaror edi", deydi. Bu bizni ham futbol muxlisi, ham boshqaruv organi sifatida shokka soldi.

Ishoning, deyarli hamma shokda edi. Faqat hamma ham bu haqda ochiq gapirishga jur’at eta olmadi», — dedi Cheferin The Rest Is Politics podkastida.

Shuningdek, Cheferindan nima uchun AQSHdagi jahon chempionati o‘yinlariga bormagani so‘raldi.

«Bormaslikka qaror qilishimning ko‘plab sabablari bor edi. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lishini bilardim», — dedi UEFA rahbari.

Kiritildi: 17:21, 24.08.2026.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик