"Nyukasl" "Lill"ning 21 yoshli vingeri Mattias Fernandes-Pardoni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Fransiya klubi bilan 2029 yilga qadar shartnomasi bor belgiyalik futbolchi hamon jamoani tark etish istagida.
L'Équipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi futbolchi uchun bonuslarsiz taxminan 40 million yevro miqdorida taklif kiritgan. Avvalroq Fernandes-Pardoga "Atletiko" ham qiziqish bildirgan va 35 million yevro taklif qilgan edi.
"Lill" prezidenti Olivye Letang futbolchiga munosib o‘rinbosar topmasdan turib uni qo‘yib yuborish niyatida emas. Biroq "Nyukasl"ning moliyaviy imkoniyatlari fransuz klubi pozisiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan taklif bilan chiqishga imkon beradi.
O‘tgan mavsumda Fernandes-Pardo klub miqyosida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













