«Lill» klubi hujumchisi Olivye Jiru jamoaning yangi bosh murabbiyi Davide Anchelottining ish uslubi va futbolchilar bilan muloqot qilish madaniyati haqida iliq fikrlar bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelottining o‘g‘li mavsum oljidan fransuz klubini boshqaruviga kelgan edi.
«Bu allaqachon yetakchilik va yetilish davrini boshlab ulgurgen murabbiy. U mendan bir necha yosh kichik bo‘lsa-da, o‘ta bilimdon va o‘z ishiga qiziquvchan. U nafaqat futboldagi, balki boshqa sohalardagi buyuk murabbiylarning faoliyatidan hayratlanadi.
U har safar biz bilan muloqot qilganda metaforalar yoki o‘zi qiziqadigan grek mifologiyasidan parchalar ishlatishga harakat qiladi. Bu juda kuchli va ta’sirli xabarlar beradi, uning dunyoqarashi keng va u futbolchilari bilan to‘g‘ri muloqot qilishni biladi. U sport va futboldagi mashhur shaxslarning iqtiboslaridan keng foydalanadi», — dedi Jiru klub matbuot xizmatiga.
Tajribali hujumchi murabbiyning ochiqligi va futbolchilarga yaqin ekani jamoada o‘zaro ishonch hamda fidoyilikni oshirayotganini qo‘shimcha qildi.













